Liga-1. PSJ safarda "Bordo"dan kichik hisobda ustun keldi
Kecha shuningdek Frantsiya chempionatida ham 34-turdan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, shu kuni chempionlik masalasini deyarli hal qilgan PSJ safarda “Bordo” mehmoni bo‘ldi. «Stad de Bordo» stadionida kechgan qiziqarli o‘yin 0:1 hisobida parijliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Bordo” – PSJ 0:1 (0:0, 0:1)
22 aprel «Stad de Bordo»
Gol: 0:1 – 76 Lo Chelso.
“Bordo” – Kostil, Sabali, Kunde, Pablo, Pundje, Lerager, Plashil (Labord, 79), Sankare (Meyte, 71), Malkom, Breytueyt (de Previl, 71), Kamano.
PSJ – Areolya, Dani Alves, Markinos, Kimpembe, Berchiche, Lo Chelso, Rabo, Mbappe (Mene, 81), Pastore (Motta, 65), Nkunku (Draksler, 62), Kavani.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (89).



Fikrlar