Legionerlarimiz. Musaevning jamoasi yana g‘alaba qozona olmadi

  • 27 may, 2017, 15:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun Yaponiya Jey ligasida 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” klubi bu tur “Sanfrechche Xirosima” jamoasi mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Musaev 90 daqiqa maydonda to‘p surgan mazkur bahsda muxlislar gol ko‘rishmadi va o‘yin nursiz durang bilan nihoyasiga etdi.

Qayd etish joiz, “Jubilo Ivata” so‘nggi 3 bahsdan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

Yaponiya Jey ligasi. 13-tur

Sanfrechche Xirosima – Jubilo Ivata 0:0

Sanfrechche Xirosima – Xayashi, Nogami, Mizumoto, Aoyama, Morisaki, Mikich(Shimizu 80), Kashiva, Minagava(Kudo 90), Shibasaki, Shiotani, Anderson Lopez.

Jubilo Ivata – Kaminski, T. Nakamura(Araki 80), Oxi, Sakurauchi, Ueda, Fozil Musaev, Adailton, Kavamata(Saito 87), Matsui(Matsua 65), Ogava, Takaxashi.

Ogohlantirish: Shiotani(47).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!