
La Liga to‘purarlari ro‘yxatini 5 nafar futbolchi boshqarib bormoqda
Ayni damda Ispaniya La Ligasida to‘purarlik poygasida birdaniga 5ta futbolchi birinchi o‘rinda bormoqda.
Gap shundaki, Lionel Messi ("Barselona"), Karim Benzema ("Real"), Yago Aspas ("Selta"), Andre Silva ("Sevilya") va Roxer Marti ("Levante") kabi futbolchilar hisobida hozircha bir xil – 4tadan gol mavjud.
Biroq, Messi hali 5-tur uchrashuvini o‘tkazmadi, qolgan barcha futbolchilar ushbu turda maydonga tushib ulgurishdi.
Fikrlar