
La Liga. “Valensiya” o‘z maydonida “Jirona”dan engildi
Ispaniya chempionati 11-turida “Valensiya” jamoasi o‘z maydonida “Jirona” futbolchilarini qabul qildi.
Uchrashuvning 48-daqiqasida Pons kiritgan gol yagonaligicha qoldi va mehmonlar 3 ochko bilan ortga qaytishdi.
Valensiya – Jirona 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 48 Pons.
Valensiya – Neto, Vass (Ferran Torres, 85), Garay, Gabriel, Gayya, Soler (Batshuayi, 73), Koklen (Gameyro, 84), Kondogbia, Gedesh, Santi Mina, Rodrigo.
Jirona – Bunu, Ramalo, Espinosa, Munesa, Porro, Aleish Garsiya, Pons, Planas, Roberts (Granel, 78), Garsiya (Soni, 85), Dumbiya (Alkala, 60).
Ogohlantirishlar: Gayya (28), Dumbiya (30), Koklen (36), Munesa (39), Planas (40), Bunu (59), Gabriel (77), Kondogbia (79).
Fikrlar