La Liga. "Real" katta qiyinchilik bilan "Betis"ni engdi

  • 14 yanvar, 2019, 02:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sevilyadagi "Estadio Benito Vilyamarin" stadionida kechgan uchrashuvda madridliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdilar.

Tecno

Dastavval 13-daqiqada Luka Modrich hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa Serxio Kanales muvozanatni tikladi. O‘yin so‘nggida esa Dani Sebalos gol kiritib, sobiq jamoasini "ranjitdi" - 2:1, madridliklar foydasiga.

Shu tariqa Santyago Solari shogirdlari hisobidagi ochkolar  soni 33 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Betis" esa 26 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!