Kurtua 2018 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi

  • 29 noyabr, 2018, 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Real” Madrid klubi va Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtuani yakuniga etib borayotgan 2018 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topdi.

Tecno

Unga ko‘ra yozda “Chelsi”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan  26 yoshli posbon so‘rovnomada 181 ochko to‘plagan. Undan keyingi pog‘onani esa 109 ochko bilan “Tottenxem” darvozaboni Ugo Loris egalladi. Kuchli uchlikni esa PSJ posboni Janluiji Buffon (59) yakunlab berdi.

Kuchli o‘nlikdan shuningdek Keylor Navas (58), Yan Oblak (49), Mark-Andre ter Shtegen (49), Alisson (36), David de Xea (33), Daniel Subashich (23), Manuel Noyerlar (20) joy olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Kurtuaning "Real"dagi jamoadoshi Luka Modrich joriy yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!