
Koutino: Messi bilan birga o‘ynash - sharaf
Filippe Koutino "Barselona"ning EChL guruh bosqichi 2-turida "Tottenxem" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Biz juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Raqib kuchli edi, ammo biz maqsadimizga etdik va g‘alaba qozondik. Biz uchta o‘yinni g‘alabassiz o‘tkazgandik va bu o‘yinda vazifa a’lo darajada bajarildi.
– Messi – tarixdagi eng yaxshi futbolchi. U erkin harakat qiladi va har doim qandaydir yangilik qidiradi. U bilan birga o‘ynash katta sharaf. Vazifamiz barcha turnirda g‘alaba qozonish. "Barselona"dan doim shuni kutilshadi, – deydi Koutino.
Fikrlar