
Koutino Dembelening o‘rnida o‘ynamoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino o‘zining ayni damda to‘p surayotgan pozitsiyasidan norozi bo‘lmoqda.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchi hujumga yaqinroq bo‘lgan chiziqda to‘p surmoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde esa uni maydon markazida o‘ynatmoqda.
Koutinoning fikricha u hujumning chap qanotida ko‘proq foyda keltirishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, ushbu pozitsiyada joriy mavsum muntazam ravishda Usmon Dembele harakat qilib kelmoqda.
Fikrlar