Klopp Koutinoning "Liverpul"ga qaytishini inkor etdi

  • 19 yanvar, 2019, 21:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi  Yurgen Klopp "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning “Enfild”ga qaytishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men bu haqda gapirishni xohlamayman. Mening bu haqdagi bildiradigan fikrlarim keyinchalik mish-mishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli bu borada hech narsani muhokama qilish shart emas. Koutino – “Barselona” futbolchisi. Bilishimcha, uning Kataloniyadagi ishlari joyida”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli braziliyalik futbolchi “Liverpul” safida 2013-2018 yillarda to‘p surgan. Shundan so‘ng u 130 mln evro evaziga “Barselona”ga transfer qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!