Kellini: “MYu”ni mag‘lubiyatga uchratmoqchimiz

  • 23 oktabr, 2018, 06:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini “Manchester Yunayted”ga qarshi EChL 3-tur uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Har ikki jamoa uchun muhim uchrashuv bo‘ladi. Oson bo‘lmasligini tushunib turibmiz. Lekin guruhda peshqadam bo‘lib olish uchun “MYu”ni mag‘lubiyatga uchratmoqchimiz. Bo‘lajak o‘yinda maydonda kim harakat qilishini murabbiy hal qiladi, tarkibmizda yuqori darajada o‘ynaydigan futbolchilar talaygina.

“Manchester Yunayted”ning “Chelsi”ga qarshi kechgan uchrashuvining birinchi bo‘limini tomosha qildim. Ikki hil falsafani ko‘rish yoqimli bo‘ldi. Futbolni yaxshi ko‘radiganlar uchun ham zo‘r bellashuv bo‘ldi deb hisoblayman”, – dedi italiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!