
Kapello "Real"ga Ikardini sotib olishni maslahat bermoqda
Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello "Real" Madridga tezroq "Inter" forvardi Mauro Ikardini sotib olishni maslahat bermoqda.
“Men uning muxlisiman. Mauro xuddi Krishtianu Ronaldu singari jarima maydoni mutaxassisi hisoblanadi. Agar siz jarima maydoniga uch marta to‘p oshirsangiz, u bularning barchasini darvozaga joylab qo‘yadi. “Real”ning o‘rnida bo‘lganida tezroq uni sotib olgan bo‘lardim”, - deydi Kapello.
Ma’lumot uchun, Ikardi asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ikki karra Italiya chempionati to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar