
Joze Mourino shogirdlariga Rojer Federerga oxshash kerak ekanligini aytib o‘tdi
"Manchester Yunayted" futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasi suniy qoplamali maydonda "Yang Boyz" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv, shveytsariyalik tennischi Rojer Federer o‘yini bilan bir vaqtda o‘tdi.
"Agar biz yomon o‘ynasak, aniq qoplama aybdor bo‘lmaydi. Biz Shveytsariyada – tarixiy tennischi Rojer Federer Vatanidamiz. Shubhasiz, Rojer bir qator o‘yinlarini mamlakatdan uzoqda va har xil qoplamali kortlarda o‘tkazadi va g‘alaba qozonadi. Bir qator odamlar uning yoqtirgan qoplamali kortlari borligini biladi. Lekin u boshqa kortlarda ham faqat g‘alabaga intiladi. Biz Rojer Federerni na’muna qilib olishimiz kerak", – deydi Joze Mourino
Fikrlar