Jo‘rabek va Xumoyun yarim finalga chiqishdi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etadigan turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu turnirda hamyurtlarimiz Jo‘rabek Karimov hamda Xumoyun Sultonovlar ham ishtirok etishmoqda. Ular bugun juftlik bahslarida o‘z sheriklari bilan chorak finalda ishtirok etishdi.
Karimov/Aoran Vang dueti Karunuday Singx(Xindiston)/Denis Evseev(Qozog‘iston) duetiga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Xumoyun Sultonov esa sherigi Daniyar Duldaev(Qirg‘iziston) bilan gollandiyalik tennischilar – Mark Diykxuizen/Skott Griekspoorlarga qarshi kortga chiqib, 5:7, 2:6, 10:7 hisobida g‘alab qozondi.
Endi yarim finalda Ismoilov/Vang dueti Sultonov/Duldaev duetiga qarshi bahs olib boradi.



Fikrlar