Jo Xart nihoyat o‘ziga jamoa topdi (FOTO)

  • 7 avgust, 2018, 16:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Siti» darvozaboni Jo Xart faoliyatini «Byornli» klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Berilgan xabarlarga qaraganda 31 yoshli angliyalik posbon yangi jamoasi bilan 2 yillik kelishuv imzolagan. Biroq, hozircha ushbu transferning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti. Ba’zi manbaalarga ko‘ra «Byornli» Xart uchun “shaharliklar”ga 3,5 mln funt to‘lagan.

Ma’lumot uchun, Jo Xart “Manchester Siti” safida umumiy hisobda 12 yil to‘p surdi. U ushbu davr mobaynida ikki karra Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Xart so‘nggi ikki mavsumni “Torino” va “Vest Xem” klublarida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!