
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Belarus davlatiga tashrif buyuurdi
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Belarus davlatiga tashrifi natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.
Tashrif davomida Vazir Belarus Respublikasi sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbek delegatsiyasi tomonidan respublika sporti rivojlanishini aks etgan keng qamrovli dastur tayyorlangan edi.
Tashrifning birinchi kuni delegatsiyamiz Belarus Respublikasi sport va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Durnov hamrohligida Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurishdi. Ular oliy ta’lim muassasasi o‘quv bazasi, sport sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonining tashkil etilishi bilan tanishdilar.
Vakillarimiz uchun engil atletika maneji, suzish havzasi, trenajyor, batut va chigal yozdi zallariga sayohat tashkil etildi. Ayniqsa, anatomiya kafedrasi, velosiped, konkida uchish va ot sporti kafedrasi hamda universitetning kafedralararo o‘quv-ilmiy-tadqiqot laboratoriyasidagi ta’lim metodikalari o‘rganish uchun qiziq deb topildi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboev Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Sergey Repkin bilan akademik sportni rivojlantirishning turli jihatlari haqida suhbatlashdi.
Tashrif davomida mezbonlar tomonidan sport tayyorgarligi bazalari muhimligi ta’kidlanib, badiiy gimnastika saroyi va qishki sport turlari bo‘yicha “Fristayl” majmuasi bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Vazir Dilmurod Nabiev yurtimizda xokkey, figurali uchish, konkida uchishni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida muz saroyi hamda rolikli chang‘i uchish trassalari qurilayotgani ta’kidlab o‘tdi.
Respublika davlat olimpiya zaxiralari bilim yurtida yosh sportchilarni o‘qitish va tarbiyalash jarayoniga bog‘liq jihatlar o‘rganildi.
Bilim yurti direktori Aleksandr Dubkovskiy va uning yordamchilari erishgan natijalari bilan o‘rtoqlashishdi hamda o‘smirlarning zamonaviy muammolari haqida so‘zlab berishdi.
“Chijovka arenasi”ga ham O‘zbekiston delegatsiyasida qiziqish uyg‘otdi.
“Biz shunga o‘xshash inshootlar qurilishi va kelgusi foydalanish amaliyotini o‘rganmoqdamiz. Belarusdan o‘rganishim kerak bo‘lgan jihatlarni borligini ko‘rib turibmiz. Bu erda milliy terma jamoalar a’zolarini tayyorlash hamda aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Biz bu erda Belarusda to‘plangan tajriba hamda ilg‘or bilimlarni o‘rganish uchun o‘zimizning mutaxassislarimizni yuborishga tayyormiz” – dedi Dilmurod Nabiev.
Delegatsiya a’zolari shuningdek, ot sport va yilqichilik bo‘yicha hamda “Stayki” va “Raubichi” qishki sport turlari bo‘yicha respublika olimpiya tayyorgarligi markazlariga tashrif buyurishdi.
Belarus davlati sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk qayd etib o‘tganidek, tomonlar yaqin kunlarda ikkitomonlama hamkorlikning batafsil rejasini ishlab chiqadigan ishchi guruh tuzishga kelishib olishdi.
“Ikkala tomon ham sportchi va trenerlarni tayyorlash sifatini oshirishdan manfaatdor. O‘zbekiston, masalan, boks, taekvondo, dzyudo, sport gimnastikasi bo‘yicha kuchli hisoblanadi. Biz ularning trenerlarini o‘zimizga taklif etishimiz ham mumkin. O‘z navbatida biz ham o‘zbek hamkasblarimizga belorus sportchilari muvaffaqiyat qozonayotgan sport turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda yordam berishga tayyormiz. Bundan tashqari biz talabalarni ixtisoslashgan universitetlarda birgalikda o‘qitish bo‘yicha kelishib oldik. Faqatgina tafsilotlarni aniqlashtirib olish qoldi” – dedi Sergey Kovalchuk.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Fikrlar