
"Jirona" joriy mavsum La Ligada hech bir jamoa uddalay olmagan ishni qildi
Xabaringiz bor “Jirona” bugun La Liganing 24-turida Madridda "Real"ni (1:2) mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, “Jirona” joriy mavsum hozircha “Kamp Nou” (“Barselona”) va “Santyago Bernabeu”dan (“Real”) ochko olib qaytgan yagona jamoaga aylandi.
Ma’lumot uchun, “Jirona” hozirda La Liga musobaqa jadvalida 27 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar