Jeyms Milner reytingda Devid Bekxemdan o‘zib ketdi

  • 5 fevral, 2019, 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Angliya premer-ligasining 25-turida “Vest Xem” mehmoni bo‘lgan “Liverpul” 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Tecno

Mersisaydliklarning yagona goliga esa Jeyms Milner assistentlik qildi.  Bu 33 futbolchi uchun premer-ligadagi 81-golli uzatma bo‘ldi.

E’tiborlisi, Milner shu tariqa APLning eng yaxshi assistentlari qatorida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi va bu borada afsonaviy Devid Bekxemni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Milner joriy mavsum 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!