Jeymi Karrager: Son - joriy mavsum APLning eng zo‘r futbolchilaridan biri

  • 15 fevral, 2019, 22:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Sky Sports eksperti sifatida faoliyat olib borayotgan angliyalik mashhur futbolchi Jeymi Karrager “Tottenxem” forvardi Son Xin Min borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Son joriy mavsum premer-liganing eng zo‘r futbolchilaridan biri deb o‘ylayman. “Tottenxem”ga Keyn va Alli etishmayotgani haqida juda ko‘p gapirishdi, ammo Son ushbu yo‘qotishlarni sezdirmadi. U shunchaki fantastik o‘yin ko‘rsatyapti. O‘ngda ham, chapda ham, markaziy hujumda ham.

Son Germaniyada ajoyib faoliyat olib bordi. U “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tgach uni ko‘pchilik shunchaki zaxirada qolib ketishini aytdi. Ammo, u hozir jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi”, - deydi Karrager.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!