
Jerar Pike EChLda yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
“Uembli”da kechgan bellashuvda kataloniyaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike uchun mazkur o‘yin Evropa Chempionlar Ligasidagi 100-si bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi “MYu” tarkibida 4 ta, “Barselona” safida 96 ta EChL o‘yinlarida maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, Jerar Pike “Barselona” safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U kataloniyaliklar bilan uch marta (2009, 2011, 2015) EChL g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar