
Jeko "Roma" bilan shartnomani uzaytirsa, maoshi oshadi
Rimning "Roma" klubi o‘zining bosniyalik hujumchisi Edin Jeko bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha agar 32 yoshli futbolchi “bo‘rilar” bilan kelishuvni uzaytirsa uning yillik maoshi 5 million evroga ko‘tariladi. Aytish lozimki, Jekoning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan va unga ko‘ra futbolchi yiliga 4,5 million evro maosh olmoqda.
Ma’lumot uchun, Jeko o‘tgan mavsum “Roma” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar