Jahon chempionati kubogi Evropada qoladigan bo‘ldi
Kecha bo‘lib o‘tgan Urugvay – Frantsiya (0:2) hamda Braziliya – Belgiya (1:2) terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng JCh-2018 yarim finalida kuch sinashuvchi dastlabki yarim final juftligi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra Urugvayni taslim etgan Frantsiya bu bosqichda Braziliyani uyiga jo‘natib yuborgan Belgiya bilan o‘ynaydi.Ta’kidlash lozimki, shu tariqa chorak finalgacha etib kelgan 2ta Janubi Amerika terma jamoalari o‘z yurishlarini shu bosqichdayoq yakunlashga majbur bo‘lishdi.
Demak, bugun bo‘lib o‘tadigan yana 2ta chorak final juftiliging barcha ishtirokchilari (Rossiya, Xorvatiya, Angliya, Shvetsiya) Evropa qit’asidan ekanligini inobatga olsak, jahon kubogi yana kamida to‘rt yil ushbu qit’a vakillarida saqlanib qoladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, amaldagi chempion Germaniya terma jamoasi hisoblanadi.



Fikrlar