
JCh-2018. Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Rossiya yashil maydonlarida o‘tayotgan JChning barcha chorak finalchilari aniq bo‘ldi. Nimchorak final bahslarining so‘ngi o‘yini Kolumbiya hamda Angliya o‘rtasida kechdi.
Ushbu uchrashuvda 51-daqiqada Keyn tomonidan aniq amalga oshirilgan penaltidan keyin hisob ochildi. Inglizlar g‘alabani nishonlashga tushib ketgan bir vaqtda, aniqrog‘i 90+3 daqiqada Kolumbiyaning haloskori - Mina katta sahnaga chiqdi, 1:1.
1:1 hisobidagi durangdan keyin hakam qo‘shimcha taymlarga murojaat qildi ammo 30 daqiqa ham jamoalarga raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun kamlik qildi. Penaltilar seriyasida esa omad Angliya ga kulib boqdi, 3:4. Shu tariqa Angliya chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Keyingi bosqichda inglizlarga Shvetsiya raqiblik qiladi.
Quyida jamoalarning bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan futbolchilar bilan tanishib olishingiz mumkin:
Kolumbiya: Ospina, Arias, Mina, D. Sanches, Moxika, Barrios, K. Sanches, Kintero, Kuadrado, Lerma, Falkao.
Angliya: Pikford, Stounz, Uoker, Maguayr, Yang, Tripper, Lingard, Xenderson, Dele Alli, Sterling, Keyn.
Fikrlar