
Isroil Madrimov WSB haftaligining eng yaxshi bokschisiga da’vogarlar qatorida
Xabaringiz bor, o‘tgan dam olish kunlari Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak final ilk janglari o‘tkazildi. Mazkur qarama-qarshiliklarning birida “Uzbek Tigers” Samarqandda amaldagi chempion “Cuba Domadores” bokschilarini qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchdi.
Mazkur janglarning 75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimov Rio Olimpiadasi va jahon chempioni Arlen Lopesni mag‘lub qildi va musobaqaning “hafta bokschisi” nomiga da’vogarlar qatoridan o‘rin oldi.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatdan “France Fighting Roosters” jamoasining ispaniyalik a’zosi Samuel Karmona va “Astana Arlans” bokschisi Saparbay Aydarov o‘rin olishgan.
Fikrlar