
"Inter"ning braziliyalik futbolchisiga jiddiy xaridor chiqdi
Milanning "Inter" klubi himoyachisi Joao Miranda "Portu"ning qishdagi asosiy transfer nishoniga aylandi. Bu haqda UOL Esporte nashri xabar tarqatmoqda.
Qayd eish lozimki, Stefan de Vrey hamda Milan Shkrinyar kabi himoyachilar “neradzurrilar” safiga kelishgach, 34 yoshli braziliyalik futbolchi o‘zining asosiy tarkibdagi o‘rnini deyarli yo‘qotdi. Qolaversa, uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, Miranda “Inter” safiga 2015 yil “Atletiko”dan 13 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar