
"Inter"ga Robbenning xizmatlarini taklif qilishmoqda
Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Aren Robben mavsum yakunlangach “Inter”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
FcInterNews.it tarqatgan xabarga ko‘ra yozda shartnomasi yakunlanadigan 34 yoshli gollandiyalik futbolchining agenti “neradzurrilar”ga mijozining xizmatdarini taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Robben faoliyatini PSVda yakunlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar