
"Inter" qishda Modrichni sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rmoqchi
Milanning “Inter” klubi hali ham “Real” yarim himoyachisi Luka Modrichni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganada “neradzurrilar” bu borada qishki transferlar davrida “qirollik klubi”ga taklif bilan chiqishmoqchi va 33 yoshli xorvatiyalik futbolchini sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rishmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, “Inter” Modrichni o‘tgan yozgi transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rgan edi, ammo yakunda ularning bu urunishlari besamar yakunlandi.
Ma’lumot uchun, Modrichning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2019/2020 yili mavsum yakuniga qadar imzolangan.
Fikrlar