
"Inter" bugun uzoq yillik qora an’anaga barham bera oladimi?
Xabaringiz bor bugun Italiya A Seriyasining 15-tur uchrashuvlariga start beriladi. Turni “Yuventus” hamda “Inter” jamoalari o‘rtasidagi markaziy bahs boshlab beradi.
Uchrashuv haqida qiziqarli faktlar:
- “Yuventus” va “Inter” qarama-qarshiligi 88 yildan buyon davom etib kelmoqda. Ushbu jamoala ilk bor 1930 yilda to‘qnash kelishgan.
- Hozirgacha ushbu jamoalar Italiya chempionatida jami 176 marta bahs yuritishgan. Shularning 82tasida “keksa sinora”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 48tasida “neradzurrilar” g‘alaba qozonishgan. Qolgan 46ta o‘yinda esa kuchlar teng kelgan.
- “Yuventus” so‘nggi 3ta o‘yindan buyon “Inter”ga g‘alaba qozonish uchun hech qanday imkon qoldirmayapti. Turinliklar oxirgi 3ta qarama-qarshilikning 2tasida g‘alaba qozonishgan va 1tasida durang qayd etishgan.
- “Inter” so‘nggi bor “Yuventus” maydonida 2012 yilning 3 noyabr kuni g‘alaba bilan qaytgan.
- “Yuventus” A Seriyaning so‘nggi 15ta bahsidan 14tasida raqib darvozasiga kamida 2ta gol kiritgan.
- “Inter” Turinda kechgan so‘nggi 4ta o‘yinning barchasida “Yuventus” darvozasiga yo‘l topa olmagan.
"Yuventus" – "Inter"
Stadion: "Alyants" (Turin)
Boshlanish vaqti: 00:30
Taxminiy tarkiblar:
"Yuventus": Shesni – De Shilo, Bonuchchi, Kelini, Sandro – Bentankur, Pyanich, Matyuidi – Dibala, Ronaldu, Manjukich.
"Inter": Xandanovich – D’Ambrozio, Shkrinyar, De Vrey, Asamoa – Brozovich, Vesino – Keyta, Valero, Perishich – Ikardi.
Fikrlar