"Inter" Meksika terma jamoasi etakchilaridan birini tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • 7 yanvar, 2019, 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" yarim himoyachisi Ektor Errera faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football-Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 28 yoshli meksikalik futbolchining yangi jamoasi “Inter” bo‘lishi mumkin. Yozda portuliklar bilan shartnomasi yakuniga etadigan Errera yozda “neradzurrilar” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, Errera joriy mavsum “Portu” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!