
Ikardi: Men "Inter" va uning muxlislaridan qarzdorman
Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi yorqin faoliyati uchun “neradzurrilar”dan minnatdor ekanligini aytdi.
“Inter” menga juda ko‘p narsa berdi, juda ko‘p. Men ushbu jamoaga 20 yoshimda kelgandim, aynan shu erda men haqiqiy futbolchi va inson sifatida kamol topdim. Men “Inter” va uning muxlislari oldida qarzdorman. Qolaversa, Milan shahridan ham minnatdorman, chunki bu erda o‘zimni xuddi uyimdagidek his qilaman”, - deydi argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ikardi “Inter” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida milanliklar safida jami 190ta o‘yinda maydonga tushdi va 112ta gol urishga erishdi.
Fikrlar