Ibragimovich "Milan"ga qaytmasligi mumkin
"Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich yangi mavsumni ham AQShda o‘tkazishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 37 yoshli shvetsiyalik futbolchining “Milan” bilan o‘tkazgan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Bundan tashqari "Los-Anjeles Gelaksi" ham uni o‘z safida olib qolishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “rossonerilar” qishki transferlar davrida Ibragimovichni tarkibga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar