
Husniddin Po‘latov "WBA" kamari uchun jang o‘tkazadi
Janubiy Koreyaning Yongin shahrida 15 sentyabr kuni professional boks bo‘yicha nufuzli musobaqa o‘tkaziladi.
Unda hamyurtimiz Husniddin Po‘latov (9-3-0) o‘zining 13 jangida chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Husniddin "WBA Asia Super Welterweight" kamari uchun o‘tadigan bellashuvda indoneziyalik Sahlan Koralga (17-6-0) qarshi raqobatlashadi.
Fikrlar