Gvardiola xatosini tan oldi

  • 20 oktabr, 2018, 15:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Jo Xartni “Byornli”ga qo‘yib yuborib, xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

Men har doim ham to‘g‘ri qaror qabul qilmayman, ammo ba’zi holatlarda shunday qilish kerak. Faoliyatimda muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz qarorlar ham bo‘lgan. Barchasini kerakli vaqtda amalga oshirish zarur. Qachon vaqti ekanligini hech qachon bila olmaysan. Qaror qilgandan keyin afsuslanaman. Gap faqat futbol haqida ketmayapti, professionallik va odamlar haqida hamdir.

– Qisqa vaqt ichida biz ishlab, o‘zimizni tikladik. Xart har doim o‘zini haqiqiy professionaldek tutgan. Muxlislarga u bilan xayrlashish og‘ir bo‘lganini bilaman, chunki u ajoyib darvozabon edi va uzoq vaqt jamoa darvozasini ishonchli tarzda qo‘riqlab keldi. O‘shanda menga ham oson bo‘lmagan. Balkim bu bilan xatoga yo‘l qo‘ygandirman, – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi The Telegraph nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!