Gvardiola "Manchester Siti"ga "Barselona" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 26 noyabr, 2018, 23:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona" himoyachisi Xordi Albani o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” vakillari 29 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatishmoqda. Bordiyu “ko‘k-anor ranglilar”  unga yangi shartnoma taklif qilishmasa, “Siti” Albani o‘z safiga qo‘shib olishga urunib ko‘rishi mumkin.

Aytish lozimki, Xordi Albaning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. U kataloniyaliklar safiga 2012 yil “Valensiya”dan kelib qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!