
Gvardiola Kompanining o‘rniga gollandiyadan o‘rinbosar topdi
«Manchester Siti» klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida Amsterdamning «Ayaks» klubi himoyachisi Matteys de Ligtni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola yoshi o‘tib qolayotgan himoyachi Vensan Kompanining o‘rnida aynan 18 yoshli gollandiyalik himoyachini ko‘rmoqchi. Ta’kidlash lozimki ayni damda “siti”ning ushbu pozitsiyada Kompanidan tashqari shuningdek Nikolas Otamendi, Jon Stounz va Emerik Laport kabi futbolchilar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, de Ligtga “Manchester Siti”dan tashqari “Bavariya”, “Barselona”, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” kabi jamoalar ham jiddiy kurash olib borishmoqda.
Fikrlar