Germaniya – Meksika: Tarkiblar ma’lum

  • 17 iyun, 2018, 19:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birozdan so‘ng Rossiya yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida “F” guruhi terma jamoalari o‘z ishtiroklarini boshlaydi. Ushbu guruhda favorit deya e’tirof etilayotgan Germaniya termasi ilk uchrashuvni Meksika termasiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi. Hozirda ikki terma jamoa murabbiylari shtabi o‘yinda dastlabki daqiqalardan maydonda harakat qiladigan futbolchilarga aniqlik kiritishdi.

Tarkiblar bilan tanishing:

Germaniya: Noyer, Boateng, Plattenxardt, Kimmix, Xummels, Xedira, Kroos, O‘zil, Draksler, Verner, Myuller.

Meksika: Ochoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela, Guardado, Losano, Ernandes.

Eslatib o‘tamiz, guruhning ikkinchi uchrashuvida Shvetsiya Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi. Bu o‘yin 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!