Gattuzo: "Sampdoriya"ga qarshi men 23ta sherni ko‘rishni istayman
"Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyaning 10-turi doirasida "Sampdoriya"ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa ko‘rsatayotgan natijalar haqida aytib o‘tdi.
Avvalroq, "Milan" Evropa ligasi doirasida "Betis"ga hamda Italiya chempionatida "Inter"ga imkoniyatni boy bergandi.
- "Sampdoriya"ning himoya chizig‘i juda kuchli tashkillashtirilgan. Ushbu davr mobaynida ular 4 marta o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishgan. Shu sababdan ham biz bor kuchimizni ushbu himoya chizig‘ini yorib kirishga berishimiz darkor. Raqibimizning bosh murabbiyi Marko Jampaolo va uning jamoasi o‘z ishlarining ustasi.
Tan olishim kerak, bizning yuzimizga ikkita kuchli tarsaki tushirildi. Biroq biz hali taslim bo‘lganimiz yo‘q, bu narsani hamma tushinib etishi darkor.
"Milan" uch va to‘rt himoyachi bilan maydonda harakat qildi, 4-3-3 va 3-5-2 tizimida o‘zimizning kuchimizni sinab ko‘rdik.
Bilasizmi, xozirda biz futboldan lazzatlanayotganimiz yo‘q. Maqsadimiz esa maydonda harakatlanib rohatlanaylik.
Ertaga men maydonda 23ta sherni ko‘rishni istayman. Men futbolchilarda shijoatni ko‘rishim darkor, - dedi Gattuzo.



Fikrlar