
Gattuzo Ronalduni to‘xtatishga qodir "Milan" futbolchisi kimligini aytdi
“Milan” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan “Yuventus”ga qarshi bahs oldidan raqibning eng mahoratli futbolchisi Krishtianu Ronalduni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.
“Jamoamizda Kessie bor va u Ronalduni to‘xtata oladi. Krishtianuni tartibli o‘yin orqali ham to‘xtatish mumkin. “Yuve”da shuningdek Kuadrado ham bor va shu sababli ham ushba bahsda bizga ish ko‘payadi”, - deydi Gattuzo.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” – “Yuventus” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:30 boshlanadi.
Fikrlar