Garbin Mugurusa "Australian Open"ning uchinchi davrasida
Ispaniyalik tennischi Garbin Mugurusa "Australian Open" musobaqasining ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
U Melburn shahrida o‘tayotgan turnirning ushbu bosqichida britaniyalik Yoxanna Kontani 6:4, 6:7, 7:5 hisobida engdi.
Endi Avstraliya ochiq chempoinatining uchinchi davrasida Mugurusa shveytsariyalik Timea Bachinskiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.



Fikrlar