Galiulinning gollari “Tosno”ga Rossiya kubogi finali yo‘llanmasini taqdim etdi
Hozirgina Rossiya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Spartak” hamda “Tosno” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. 62-daqiqada Ze Luish moskvaliklarni hisobda oldinga olib chiqishga erishdi. O‘yin yakunlanishi arafasida esa hamyurtimiz Vagiz Galiulin raqib darvozasining to‘qqizligiga to‘pni joylab qo‘yib, muvozanatni tiklashga erishdi.
Asosiy bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmagach, 15 daqiqadan iborat bo‘lgan ikki qo‘shimcha taymlarga murojaat etildi. Biroq ekstra taymlarda ham kuchlar teng keldi va penaltilar seriyasi tepiladigan bo‘ldi.
“Futbol lotoreyasi”da esa “Tosno” futbolchilari 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi. Jumladan, Galiulin ham penaltini aniq amalgam oshirib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissasini qo‘shdi.
Endi “Tosno” jamoasi 9 may kuni finalda quyi liga vakili – Kurskning “Avangard” jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.
Rossiya kubogi. Yarim final.
Spartak – Tosno 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 4:5
Gollar: 1:0 – 62 Ze Luish, 1:1 – 88 Galiulin.
Spartak – Selixov, Kutepov, Maksimovich, Eщenko, Kombarov, Pashalich (Fernando, 60), Zobnin, Xanni (Ze Luish, 55), Samedov (Glushakov, 81), Promes, Luis Adriano.
Tosno – Yurchenko, Dugalich, Chernov, Margasov, Buyvolov, Nunu Rosha, Galiulin, Poletanovich (Palienko, 82), Jigulev, Mirzov (Makarov, 67), Pogrebnyak (Truyich, 34).
Penaltilar seriyasi – 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.
Ogohlantirishlar: Dugalich (4), Zobnin (35), Buyvolov (80), Nunu Rosha (108), Palienko (119), Yurchenko (120).



Fikrlar