
Futbolchilar mashg‘ulot jarayonida trenajyordan to‘laqonli foydalanishlari kerak
O‘zbekistondagi futbol muxlislari bilan yanada yaqin bo‘lish, mamlakatning istalgan chekkasidagi fuqarolar bilan jonli muloqot qilish, ularning fikr va mulohazalarini tinglash, takliflariga quloq tutish maqsadida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochilganligi haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Har haftaning chorshanba kuni soat 11:00dan 17:00ga qadar yurtimizdagi futbol muxlislari qabulxonaga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuda O‘FA 1-vitse-prezidentiga murojaat qilib borishmoqda.
Jumladan, qabulxonaga tashrif buyurgan Berdiev Maxmayusuf, Xusanov Shoxalil, Akbarov Laziz, Imamov Yusufjonlar mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, bolalar futbolida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar haqida o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi. Bu boradagi o‘zlarining rejalari bilan o‘rtoqlashishdi. Umarov Rashid esa futbolchilarning mashg‘ulotlar jarayonida trenajyordan to‘laqonli foydalanishlari borasida taklif bilan chiqdi.
Umid Ahmadjonov qabulxonaga tashrif buyurgan har bir insonning murojaatini tinglab, o‘sha murojaat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini shaxsan nazorat qilib boryapti. Bu orqali esa futbolimizda uchrayotgan muammolar, kamchiliklar bartaraf etilib, futbolimizni yanada rivojlantirish, xolislik va shaffoflikni ta’minlash sari katta qadam tashlanmoqda.
Manbaa: O‘FA rasmiy sayti.
Fikrlar