
Frantsiya. “Monako” g‘alaba qozonib sentyabrdan buyon ilk bor xavfli zonadan chiqdi
Frantsiya chempionati 25-turida “Monako” klubi o‘z maydonida “Nant” futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi.
Bellashuvning 13-daqiqasida Jelson Martinsh tomonidan kiritilgan gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va Leonardo Jardim shogirdlari muhim 3 ochkoni rasmiylashtirdi.
Qayd etish lozim, ochkolari sonini 22 taga etkazib olgan “Monako” turnir jadvalida 16-o‘ringa ko‘tarilib, sentyabr oyidan buyon ilk bor xavfli zonadan chiqdi.
Monako – Nant 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 13 Jelson Martinsh.
Monako – Subashich, Sidibe, Glik, Badiashile, Ballo, Adrien Silva, Fabregas, Jelson Martinsh, Golovin (Nkudu, 83), Roni Lopesh (Axolu, 65), Falkao (Vinisius, 87).
Nant – Teterushanu, Kvateng, Ie, Diego Karlos, Traore, Ture, Ronje, Uoris, Esserik (Krxin, 62), Lukas Lima (Limbombe, 74), Kulibali (Mantse, 67).
Ogohlantirishlar: Badiashile (25), Roni Lopesh (44), Golovin (52), Krxin (73), Mantse (79), Adrien Silva (90).
Fikrlar