Filippe Koutino APLda tengsiz deb topildi
“Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutino yakuniga etgan mavsumda APL o‘yinlarida raqiblar darvozasiga jami 13 ta gol kiritdi.
Braziliyalik iqtidor egasi shulardan 6 tasini jarima maydonchasi tashqarisidan urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Koutino APLning 2016/17 yilgi mavsumida jarima maydonchasi tashqarisidan eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tan olindi.
Kuchli uchlikdan Xarri Keyn (5 ta) hamda Zlatan Ibrahimovich, Gilfi Sigurdsson, Jerdan Shakiri va Kevin De Bryuyne (4 tadan) joy oldi.



Fikrlar