
Fernando Verdasko ikkinchi g‘alabasiga erishdi
Ispaniyalik tennischi Fernando Verdasko Melburnda o‘tayotgan "Australian Open" turnirining ikkinchi davrasida g‘alaba qozondi.
Fernando "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqaning ushbu bosqichida moldovalik Radu Albotni 6:1, 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Verdasko xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi davrasida o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar