
Fakt! "Nasaf" faqat 1 marta "Paxtakor" maydonidan g‘alaba bilan qaytgan
Toshkent klubi matbuot xizmati mazkur prevyusini taqdim etdi. Chempionatlar doirasida klublar 43 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 24 bellashuvda zafar quchishgan, 9 o‘yinda "Nasaf" g‘olib chiqqan. 10 uchrashuvda jamoalar durang o‘ynashgan. “Paxtakor” 62 gol urib, darvozasidan 38 to‘p olib chiqqan. Oxirgi yillarda ular o‘rtasidagi bellashuvlar keskin ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli bizni yana bir qiziqarli o‘yin kutib turibdi desak adashmaymiz.
O‘z maydonidagi o‘yinlarda “Paxtakor” 17 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.
Har ikki jamoaning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi 4:0dan iborat ekani e’tiborga molik.
"Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi 44-to‘qnashuv 18 avgust, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar