
FAKT: “Bunyodkor” “Lokomotiv” maydonidagi so‘nggi 3 bahsda g‘alabaga qozonmagan
PEPSI Superligasining 19-turi markaziy bellashuvi “Lokomotiv” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekistonning 2 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Bunyodkor” klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni tajribali referi – Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. O‘yin soat 21:00da start oladi.
"Temiryo‘lchilar" matbuot xizmati ushbu ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlari tarixi haqida ma’lumot berdi. “Lokomotiv” shu paytga qadar “Bunyodkor”ga qarshi 21ta o‘yin o‘tkazgan.
O‘zaro o‘yinlarning 7 tasida “temiryo‘lchilar” jamoasi zafar quchgan. 9 ta bellashuvda esa “qaldirg‘ochlar”ning “qo‘li baland” kelgan. Yana 5ta o‘yin esa durang bilan nihoyasiga etgan.
“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini hozirgacha 24 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishgan. O‘z darvozasidan esa 29 bor to‘p o‘tkazib yuborishgan. “Lokomotiv”ning "Bunyodkor" ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2015 yilgi mavsum birinchi davrasida qayd etilgan – 3:0.
“Temiryo‘lchilar” o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan o‘tgan 10 bahsning 4tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 bahs tomonlarning kuchi teng kelgan. Qolgan 4 o‘yin raqiblarning g‘olibligi bilan yakunlangan. Birinchi davradagi bahsda “Lokomotiv” safarda 2:1 hisobida g‘alabaga erishib, uch ochkoni qo‘lga kiritgandi.
Fakt: “Bunyodkor” “Lokomotiv” maydonidagi so‘nggi 3 bahsda g‘alabaga erisha olmagan.
“Lokomotiv” o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 10 bahsda umuman mag‘lub bo‘lmagan. “Bunyodkor” safarda o‘tgan so‘nggi 10 uchrashuvida 4 marta g‘alaba qozongan.
Fikrlar