
Evgeniya Rodina Seulda qoqildi
Rossiyalik Evgeniya Rodina va gollandiyalik Kiki Bertens Seul shahrida o‘tayotgan "Korea Open" turnirining chorak finalida o‘zaro to‘qnash keldi.
Mazkur uchrashuvda Rodina raqibasiga uch setda – 6:3, 3:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Shu tariqa Bertens yarim finalga yo‘l olib, ruminiyalik Irina-Kameliya Begu va gretsiyalik Mariya Sakkari uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar