
"Everton" Batshuayi uchun "Chelsi"ga 30 mln evro taklif qilmoqda
“Everton” klubi “Valensiya”dan ijaradan qaytgan “Chelsi” hujumchisi Mishi Batshuayini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘ladi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha “irischilar” 25 yoshli belgiyalik futbolchi uchun “aristokratlar”ga 30 mln evro taklif qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Batshuayiga shuningdek “Monako” ham da’vogarlik qilmoqda. Ammo, ular futbolchini faqatgina mavsum yakunigacha ijaraga olishni xohlashmoqda.
Fikrlar