Eto′O Kamerun terma jamoasining sobiq sardori uchun uy olib beradi

  • 30 avgust, 2018, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi va Kamerun terma jamoasi forvardi Samyuel Eto′O terma jamoasining sobiq sardori Norbert Ovonega yordam qo‘lini jo‘zishga qaror qildi.

Tecno

BBC tarqatgan xabarga ko‘ra uysiz qolgan 67 yoshli sobiq futbolchi Duala shahri ko‘chalarida yotib yurgan edi. Yaqindagina u xastalik bilan kasalxonaga olib kelingandi.  Eto′O esa uning holidan xabar olib qo‘liga 686 dollar berdi va tez orada unga uy olib berishni va’da qildi.

Ta’kidlash kerakki, Ovonega shuningdek Kamerun mamlakati rahbariyatiga o‘zining sog‘ligi haqida shikoyat qilgan va ulardan ko‘mak so‘ragan. U o‘z murojaatida xayvonlardek yashayotgani bu esa hukumat tomonidan unga nisbatan qilingan nohaqlik ekani haqida yozgan. Ma’lum bo‘lishicha u o‘zining barcha mablag‘larini, uyini sotib saratonga chalingan xotini va bolalarini davolatishga sarflagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!