
"Espanol" o‘z safiga argentinalik futbolchini qo‘shib oldi
"Benfika" hujumchisi Fakundo Ferreyra faoliyatini "Espanol"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra kataloniyaliklar 27 yoshli argentinalik futbolchini 2020 yilning yozigacha ijaraga olishdi.
Ma’lumot uchun, Ferreyra “Benfika” safiga o‘tgan yoz erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum lissabonliklar safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar