
Eshli Yang “Manchester Yunayted”da qoladigan bo‘ldi
Angliya terma jamoasi a’zosi Eshli Yang bir qator APL klublaridan takliflar kelib tushayotganiga qaramay, “Manchester Yunayted” rahbariyati uni hech qaerga qo‘yib yubormasligiga ishonmoqda.
Chunki Yang bilan bir xil pozitsiyada to‘p suradigan Memfis Memfis Depayning “Lion” klubi safiga borib qo‘shilishi, 31 yoshli futbolchiga asosiy tarkibdan joy egallashiga yo‘l ochib berdi.
Qishki transfer mavsumi boshlarida «MYu» asosiy tarkibdan chetda qolayotgan Eshli Yangni boshqa klubga ijaraga berib yuborishga qaror qilgan edi. Biroq Memfis Depay va Morgan Shneyderlenning «qizil iblislar» safini tark etishi natijasida jamoa tarkibi 25 futbolchigacha kamayib qolgan edi.
Shuningdek Joze Mourino ham futbolchi bilan gaplashib, hech qanday xavotirga hojat yo‘qligini va uni jamoada saqlab qolishini bildirgan.
Fikrlar